“Lokomotiv” U-18 keyingi turlarni markazlashgan tartibda o‘tkazadi ⚽️

Ma’lumki, futbol bo‘yicha Respublika U-18 birinchiligi bahorda 3-turdan so‘ng to‘xtab qolgandi. PFL 4-turdan boshlab musobaqani markazlashgan tartibda davom ettirishga qaror qildi. 👇

U-18 chempionatining keyingi turlari 3 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 5-11 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Rifat Akramxo‘jayev boshchiligidagi “Lokomotiv” U-18 jamoasining navbatdagi 4ta tur uchrashuvlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan.

✅ 4-tur. 5 oktyabr, dushanba
“Metallurg” – “Lokomotiv”
O‘FA maydoni. 10:00

✅ 5-tur. 7 oktyabr, chorshanba
“Lokomotiv” – “So‘g‘diyona”
“Oqtepa” stadioni. 12:00

✅ 6-tur. 9 oktyabr, juma
“Bunyodkor” – “Lokomotiv”
O‘FA maydoni. 10:00

✅ 7-tur. 11 oktyabr, yakshanba
“Lokomotiv” – “Qizilqum”
“Oqtepa” stadioni. 10:00