Jaloliddin Jumaboyev asosiy tarkibda debyut qildi

Coca Cola Superligasi 17-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi o’yinda 20 yoshli Jaloliddin Jumaboyev asosiy tarkibdagi debyutini amalga oshirdi.

Shu kuni Jaloliddin 35 uzatmaning 31tasini (89 foiz) aniq mo’ljalga uzatdi. Shuningdek, 7 marta havodagi to’p uchun kurashda raqiblaridan ustun keldi. 10 marta raqiblaridan to’pni olib qo’ygan futbolchimiz 12 marta raqiblarining xavfli xujumini bartaraf etishga muvaffaq bo’ldi.

Jaloliddinni asosiy tarkibdagi ajoyib debyuti bilan tabriklab qolamiz!