“Lokomotiv” navbatdagi turni “Qoʻqon-1912”ga qarshi oʻtkazadi 🚂⚽️

20,21,22-avgust kunlari Superligada 11-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. “Lokomotiv” 21-avgust kuni “Qoʻqon-1912” bilan bahs olib boradi. Markazlashgan chempionat sababli oʻyin Olmaliq shahridagi OKMK stadionida oʻtkaziladi.

✅ Uchrashuv 18:30da boshlanadi va “Dunyo boʻylab” kanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish rejalashtirilgan. Navbatdagi bellashuvda ham “temiryoʻlchilar”ga omad tilab qolamiz. 💪