U-21 birinchiligi. Bugun yoshlarimiz “Qoʻqon-1912”ga qarshi bahs olib boradi 🚂⚽️

✅ Bugun “Lokomotiv” yoshlari “Bunyodkor” sunʼiy maydonida U-21 birinchiligining 11-tur uchrashuvini oʻtkazishadi. Raqib – “Qoʻqon-1912” tarbiyalanuvchilari.

✅ Oʻtgan turda yoshlarimiz AGMK bilan bellashib 2:2 hisobini qayd etishdi. Qoʻqonliklar esa “Paxtakor”dan yirik 0:4 hisobida magʻlub boʻlishdi.

✅ Musobaqa javdvalida “Loko” U-21 11 ochko bilan 10-oʻrinni egallab turibdi. “Qoʻqon-1912” hisobida 6 ochko bor va bu jamoa 13-oʻrinda boryapti. “Loko”da toʻplar nisbati 12-10, qoʻqonliklarda 8-9.