Futzalchilarimizdan gʻalaba! 🚂💪

“Lokomotiv” futzal klubi Oʻzbekiston chempionatining 2-turini gʻalaba bilan boshladi. “Stroitel-Zarafshon” jamoasi bilan kechgan bahsda “Loko” futzalchilari 4:3 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Oʻyinda Sevastyan Mojayev uchta gol urishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, raqib futbolchisi Shahboz Ahmedovning avtogoli “temiryoʻlchilar”ga gʻalabani taqdim etdi. Ushbu gʻalaba bilan Ahad Yusupov shogirdlarini tabriklab qolamiz.

Bugun 2-turning navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Bunda jamoamiz aʼzolari “Xuaxin Jizzax”ga qarshi bahs olib borishadi. Oʻyin 13:00da boshlanadi.