Bayramingiz muborak, qadrli sport jurnalistlari! 🎤📹📸

🚂 “Lokomotiv” PFK oʻzbek sporti rivoji uchun hormay tolmay mehnat qilib kelayotgan OAV xodimlarini 2-iyul – Xalqaro sport jurnalistlari kuni bilan tabriklaydi.

⚽️ Sport, xususan futbol rivojida jurnalistlar va jurnalistikaga aloqador kishilarning oʻrni beqiyosdir. Oʻzbek futbolida faoliyat yuritayotgan tanqidchi, reportyor, fotosruatchi, suxandon, videotasvirchi, sharhlovchi, ekran ortida mehnat qiladigan texnik personallar – xullas barcha-barchaning mehnati qadrli ekanini hammamiz yaxshi bilamiz.

“Lokomotiv” PFK jamoalarimiz ishtirokidagi oʻyinlarni hamda klub faoliyatini yaqindan yoritib kelayotgan jurnalistlar va OAV xodimlariga chuqur tashakkur izhor etgan holda oʻzaro hamkorlikdan mamnun ekanini bildiradi. 💪

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin! 👏