Oleg Zoteyevga omad!

🚂 2015-yildan beri “Lokomotiv” sharafini himoya qilib kelgan Oleg Zoteyev oʻz faoliyatini boshqa chempionatda davom ettiradi.

🇰🇷 Isteʼdodli himoyachi bugun rasman Janubiy Koreya klubi “Chonnam Dragons” bilan shartnoma imzoladi.

✅ Zoteyev Janubiy Koreyaga yoʻl olgach, ikki haftani karantinda oʻtkazdi va bugun tibbiy koʻrikdan oʻtib, shundan soʻng shartnomaga imzo chekdi.

“Lokomotiv” PFK Zoteyevning jamoa oldidagi xizmatlarini unutmaydi hamda uning kelajakdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi. 💪