Andrey Fyodorov: “Oʻyinni kuchaytirishga qiynalyapmiz”

Derbidagi magʻlubiyatdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov matbuot anjumanining birinchi qismida ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

– Agarda oʻyinni umumiy tavsiflaydigan boʻlsak, dastlabki 15 daqiqada “Bunyodkor” katta ustunlikka ega boʻldi. Jamoam bugun yakkakurashlarda magʻlub boʻldi va shu sababdan oʻyinda gʻalabaga erisha olmadi. Oʻz yarim maydonimizda koʻplab qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻydik. Juda ogʻir magʻlubiyat boʻldi. Taktika, paslar yoki boshqalar haqida gapirish qiyin boʻlmoqda. Oʻyinni kuchaytirishga qiynalyapmiz. Ketma-ket oltinga teng ochkolarni yoʻqotyapmiz. Bu esa mavsum yakunida katta taʼsir oʻtkazishi mumkin.

Moliyaviy muammolar yoʻq. Ketma-ket uchinchi oʻyinda ham biz tezkor gol oʻtkazib yuboryapmiz va shundan keyin oʻyinda uzilishlar paydo boʻlyapti. “Lokomotiv” bir gol oʻtkazib yuborib, taslim boʻladigan jamoa emas. Bu borada koʻp ishlaymiz va navbatdagi oʻyinlarda bunday boʻlmasligi uchun harakat qilamiz.