“Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvi hakamlari ma’lum bo’ldi

O’zPFL rasmiy sayti Coca Cola Superligasi 4-turidan o’rin olgan “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvining hakamlarini ma’lum qildi.
Unga ko’ra uchrashuvda Firdavs Norsafarov bosh hakamlik qiladi. Unga qanotlarda Shoxrux A’zamov hamda Artyom Kalinin yordam beradigan bo’lsa, zahira hakami sifatida Doston Mirzaraimov ishlaydi. Vladislav Seytlin uchrashuv nazoratchisi sifatida tayinlangan. Shuningdek, Sherzod Rajabov uchrashuvda komissarlik qiladi.

“Lokomotiv” – “Metallurg”
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Shoxrux A’zamov, Artyom Kalinin, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Sherzod Rajabov.