Jurnalistlar diqqatiga!

⚽️ 15-iyun kuni Superliganing 4-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

🏟 “Lokomotiv” stadionida kechadigan bahs soat 19:00da boshlanadi. Oʻyinga kiruvchilar soni cheklangani bois jurnalistlar va fotomuxbirlardan 15-iyun (dushanba) kuni soat 12:00dan kechiktirmasdan oʻzlari haqidagi maʼlumotni lokomedia@mail.ru elektron pochtasiga yuborishlari soʻraladi.

😷 OAV xodimi yil boshida PFL tomonidan berilgan akkreditatsiyaga ega boʻlishi, karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishi hamda oʻyin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida stadionda boʻlishi shart.

❌ Akkreditatsiyasi boʻlmagan jurnalist stadionga kiritilmaydi.