Shuhrat Muhammadiyev 1 yildan soʻng yashil maydonga qaytdi!

“Lokomotiv” kecha AGMK jamoasiga qarshi oʻtkazgan sinov-nazorat oʻyinida himoyachi Shuhrat Muhammadiyev ham ishtirok etdi.

Qayd etish kerak, Muhammadiyev oʻtgan yilning 26-may kunida Qarshida “Nasaf” jamoasiga qarshi oʻyinning 31-daqiqasida raqib jarima maydonchasi ichida toʻp uchun kurashda yerga qaltis yiqilishi natijasida, oʻng oyoq kichik boldirining pastki uchdan bir qismi yopiq sinib, joyidan siljishi va ushbu tovonning yarim chiqishi tashxisi bilan jarohat olgandi. Muhammadiyevning maydonga qaytishi uchun 1 yil-u 10 kun vaqt kerak boʻldi.

Endi futbolchimiz ushbu mavsumda barcha oʻyinlarda qatnasha oladi.