“Lokomotiv” U-21 oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozondi 💪

⚽️ Bugun TTYMI stadionida “Lokomotiv” U-21 jamoamiz birinchi liga vakili “Lokomotiv-BFK”ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

▶️ Bu qariyb ikki yarim oylik tanaffusdan soʻng yoshlarimizning dastlabki oʻyini boʻldi. Birinchi taymda hisob ochilmadi. Ikkinchi boʻlimda Toxir Rafaelov bilan Bobur Sobirov kiritgan gollar jamoamizga 2:0 hisobidagi gʻalabani taqdim etdi.

🖇 Eslatib oʻtamiz, Dilshod Nuraliyev qoʻl ostidagi oʻrinbosarlarimiz Yoshlar ligasining 4-tur bahsini 14-iyun kuni “Metallurg”ga qarshi oʻtkazadi.

Oʻrtoqlik uchrashuvi. 6-iyun. TTYMI stadioni

“Lokomotiv” (U-21) – “Lokomotiv-BFK” 2:0

“Lokomotiv” U-21: Shoxrux Isoqov, Otabek Jo’rayev, Rahmonali Ro’ziyev, Jaloliddin Jumaboyev, Ilhom Nazarov, Bobur Asqarov, Nurmuhammad Toshpo’latov, Azamat Abduhalilov, Asadbek Ergashev, Anvar Alijonov, Toxir Rafaelov.

Zaxiradan tushganlar: Hojiakbar Jo’rayev, Mehroj Abdusametov, Ulug’bek Sunnatov, Jamshid Saidvaqqosov, Behruz Boltayev, Bobur Sobirov, Hamidillo Abduhamidov, Jo’rabek Ergashev, Sardor Asadullayev.