Futbolchimiz terma jamoaga chaqirildi 💪

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (U19) 5-15-iyun kunlari Toshkentda yigʻin oʻtkazadi.

🕵🏼‍♂️ Bosh murabbiy Timur Kapadze ushbu yigʻinga 23 nafar futbolchini jalb etdi.

🚂 Ular orasida jamoamiz tarbiyalanuvchisi Otabek Turobov ham bor.

🌏 Maʼlumki, 14-31-oktyabr kunlari Oʻzbekistonda U-19 Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.