🚂 “Lokomotiv”ning Osiyo chempionlar ligasida oʻynagan futbolchilari 🌏

Bugun OCHLda “temiryoʻlchilar” safida toʻp tepgan futbolchilar haqida soʻz yuritamiz. 👇

▶️ Avvalo shuni aytish kerak, “Lokomotiv”ning Osiyo chempionlar ligasidagi dastlabki ishtiroki 2013-yil boshlangan va ketma-ket 8 mavsumdan beri davom etib kelmoqda. 2013 – 2020-yillar orasida «Loko» OCHLda jami 37 oʻyin oʻtkazgan.

▶️ Hozirga qadar eng muvaffaqiyatli mavsum 2016-yil hisoblanadi. Shu yili jamoamiz guruhdan chiqib chorak finalga qadar yetib borgandi. OCHL-2016da guruhdan chiqqan “Lokomotiv” 1/8 finalda Saudiya Arabistonining «Al Hilol» hamda 1/4 finalda BAAning «Al Ayn» klubiga qarshi bahs olib borgan.

▶️ Oʻtgan 8 yil ichida “Lokomotiv” safida jami 71 nafar futbolchi Osiyo chempionlar ligasida maydonga tushgan. Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan Islom Toʻxtaxoʻjayev bilan Sardor Mirzayev boʻlib turibdi. Har ikki futbolchi hisobida 33tadan oʻyin bor.

Quyida jamoamiz tarkibida harakat qilgan barcha futbolchilarning oʻyinlarini keltirib oʻtamiz:

33 – Islom Toʻxtaxoʻjayev, Sardor Mirzayev.
32 – Oleg Zoteyev
26 – Marat Bikmayev
23 – Ignatiy Nesterov, Temurxoʻja Abduxoliqov.
22 – Kaxi Maxaradze
21 – Sanjar Shoahmedov
20 – Timur Kapadze
18 – Ikrom Aliboyev
14 – Salim Mustafoyev, Diyor Turopov
13 – Shuhrat Muhammadiyev
11 – Nemanya Yanichich, Sherzod Fayziyev
10 – Quvondiq Roʻziyev
9 – Server Jeparov, Sadriddin Abdullayev, Jasur O. Hasanov
8 – Husniddin Gʻofurov
7 – Jasur J. Hasanov
6 – Maʼmur Ikromov, Jaloliddin Masharipov, Lutfulla Toʻrayev, Yovan Jokich, Boburbek Yuldashev, Igor Yelich, Arslanmirat Amanov, Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov, Davron Hoshimov.
5 – Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Nivaldo, Ruslan Koryan.
4 – Muhammad Kone, Shavkat Mullajonov, Damir Koyashevich, Filipp Rayevas.
3 – Salamat Qutibayev, Ivan Nagayev, Murod Bobojonov, Dilshod Rahmatullayev, Alisher Shogʻulomov, Sergey Proxorov, Gnoxere Krizo.
2 – Dilshod Jabborov, Aziz Haydarov, Artur Gevorkyan, Sherzod Karimov, Viktor Karpenko, Ibrohim Rahimov.
1 – Pavel Bugalo, Timur Gʻaniyev, Anvar Gʻofurov, Yevgeniy Gogol, Islom Inomov, Abror Karimov, Andrey Kojokar, Ruslan Melzitdinov, Zayniddin Tojiyev, Akmal Xolmatov, Vyacheslav Shevchenko, Rustam Aʼzamov, Sherzod Sharipov, Cho Suk Jae, Slavko Damyanovich, Farrux Ibrohimov, Davron Umirov, Kirill Pogrebnyak, Abdul Aziz Yusupov.