Futbol maktabimiz murabbiylari uchun ingliz tilidan kurslar

Yurtimizda karantin qoidalari birmuncha yumshatilib, sport sohasida ish faoliyatiga ruxsat berilgach, “Lokomotiv” PFK uzoq kelajakni oʻylab futbol maktabimiz murabbiylari uchun ingliz tilidan oʻquv-kurslarni tashkil etdi. 👇

Hozircha yosh futbolchilarning mashgʻulot oʻtkazishiga ruxsat berilgani yoʻq. Shu bois murabbiylar vaqtni zoye ketmaslik uchun bugundan ingliz tilidan saboq olishni boshlashdi. Darslar Angliya premyer-ligasida yoʻlga qoʻyilgan xorijliklarni oʻqitish dasturi boʻyicha olib boriladi.

Saʼdulla Muzaffarov oʻtkazayotgan dastlabki kursdan murabbiylar futbol atamalari va oʻyin paytidagi muloqotni oʻrganishni boshlab yuborishdi. Ingliz tilidan saboqlar hafta ikki marta – dushanba va chorshanba kunlari oʻtkaziladi.

Jahonning koʻplab joylarida futbol kishilari oʻzaro inglizchada gaplashishini inobatga olib, har bir murabbiy uchun xorijiy tilni oʻrganish koni foyda boʻlishiga shubha yo’q.