📆 Tarixda bugun. “Al Nasr” – “Lokomotiv” 1:1

2016-yilning 20-aprel kuni 🚂 “Lokomotiv” BAAda “Al Nasr” mehmoni boʻlgandi. 👇

🌏 Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan oʻrin olgan mazkur bahs Dubaydagi “Al Maktum” stadionida oʻtkazilgan boʻlib, 1:1 hisobi qayd etilgan. Aytish mumkinki, 2016-yil “Loko” uchun eng muvaffaqiyatli mavsum hisoblanadi. Aynan shu yili “temiryoʻlchilar” chorak finalga qadar borishgan.

Oʻyinni yodga oladigan boʻlsak, dastlab 31-daqiqada “Al Nasr” futbolchisi Jires Kembo Ekoko hisobni ochgan. Birinchi taym tugashiga ikki daqiqa qolganida esa Temurxoʻja Abduxoliqov hisobni tenglashtirgandi. Ikkinchi taymda ham jamoalar chiroyli oʻyin koʻrsatganiga qaramay darvozaga boshqa toʻp kiritilmagan.

OCHL. Guruh bosqichi. 20.04.2016

“Al Nasr” (BAA) – “Lokomotiv” (Oʻzbekiston) 1:1

Gollar: Jires Kembo Ekoko (31) – Temurxoʻja Abduxoliqov (43).

“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 8. Server Jeparov, 10. Marat Bikmayev, 11. Temurxoʻja Abduxoliqov, 15. Sardor Mirzayev, 17. Salim Mustafoyev, 18. Timur Kapadze, 20. Islom Toʻxtaxoʻjayev, 22. Sanjar Shoahmedov, 33. Oleg Zoteyev, 37. Sherzod Fayziyev.

Zaxiradan tushganlar: 44. Sergey Proxorov, 70. Ivan Nagayev, 77. Jasur Hasanov.

Bosh hakam: Li Kvok Man (Gonkong).

“Al Nasr” safida Mahmud Xamis, Nilmar, Luis Ximenes, Pitroipa kabi futbolchilar harakat qilgandi.