Tarixda bugun. “Paxtakor” – “Lokomotiv” 1:2 🚂💪

2017-yilning 21-aprel kuni “Lokomotiv” safarda “Paxtakor” mehmoni boʻlib 2:1 hisobida gʻalaba qozongandi. 👇

Bugun shu oʻyinni yodga olamiz. Oliy liganing 7-turidan oʻrin olgan mazkur bahs ancha qiziq kechgandi. Baxtiyor Namozov boshqarib borgan oʻyinda “temiryoʻlchilar” “Paxtakor”ni 2:1 hisobida magʻlub etishgan.

Dastlab 25-daqiqada Marat Bikmayev penaltidan hisobni ochgandi. Oradan 10 daqiqa oʻtib mezbonlar vakili Adnan Oraxovas hisobni tenglashtiradi. Shu tariqa birinchi taym 1:1 hisobida yakuniga yetadi.

Ikkinchi taymda ancha paytgacha toʻp kiritilmaydi, faqat 81-daqiqada Marat Bikmayev “Loko” uchun gʻalaba golini urib jamoamizga navbatdagi uch ochkoni taqdim etgandi.

Ushbu bahsda “Paxtakor”ning ikki futbolchisi – darvozabon Aleksandr Lobanov bilan himoyachi Kamoliddin Tojiyev qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan.

Oliy liga, 7-tur. 21.04.2017

“Paxtakor” – “Lokomotiv” 1:2

Gollar: Adnan Oraxovas (35) – Marat Bikmayev (25-penalti, 81).

“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Adnan Oraxovas, Akbar Ismatullayev, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov (Hojiakbar Joʻrayev, 90), Jasur Hakimov (Shohruh Mahmudhojiyev, 85), Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Stanislav Andreyev, Vladimir Kozak (Jamshid Iskanderov, 67), Yuritsa Bulyat.

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Quvondiq Roʻziyev, 83), Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev,(Boburbek Yoʻldoshev, 60), Timur Kapadze, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Murod Bobojonov (Diyor Turopov, 70), Oleg Zoteyev, Muhammad Kone.

Ogohlantirish: V.Kozak, 18. M.Bikmayev, 28. D.Hoshimov, 42. K.Maxaradze, 61. K.Tojiyev, 85. A.Lobanov, 90. M.Kone, 90.

Chetlatish: A.Lobanov (90), K.Tojiyev (90).

Bosh hakam: Baxtiyor Namozov.