🎤 Marat Bikmayev uch yil oldingi “Paxtakor”ga qarshi bahs haqida: “Oʻyindan juda yaxshi taassurotlar qolgan” 👇

2017-yilning 21-aprel kuni “Lokomotiv” safarda “Paxtakor” mehmoni boʻlib 2:1 hisobida gʻalaba qozongandi.

“Lokomotiv” yetakchilaridan biri Marat Bikmayev uch yil oldin aynan shu kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvni yodga oldi.

– “Juda qiziq oʻyin boʻlgandi. Ikkita gol urganim ham esimda. Birinchisini penaltidan urganman. Ikkinchi golni Maxaradze toʻpga bosh bilan zarba berganidan soʻng Lobanov qaytargan va qaytgan toʻpni boʻsh darvozaga kiritgandim”.

– “Paxtakor” va “Lokomotiv” oʻrtasidagi bahslar doim qiziq kechgan. Chunki bu derbi hisoblanadi. Alashmasam, oʻsha oʻyinda Stanislav Andreyev bizga penaltidan gol ura olmagandi. Qolaversa, “Paxtakor”ning ikki futbolchisi qizil kartochka olgan”.

– “Bu uchrashuv biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. 2017-yil chempion boʻlganmiz va chempionlikda mana shu gʻalabaning hissasi katta boʻlgan. Umuman olganda oʻyindan juda yaxshi taassurotlar qolgan”, – deydi Marat Bikmayev.