📆 Tarixda bugun. “Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona” 2:0

2018-yilning 21-aprel kuni 🚂 “Lokomotiv” oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona”ga qarshi bahs olib borgandi. 👇

Superliganing 7-turidan oʻrin olgan mazkur bahs ancha qiziq kechgandi hamda “Loko”ning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan tugagan. Aziz Asimov boshqargan oʻyinda dastlab 36-daqiqada Sardor Rashidov hisobni ochgandi. 54-daqiqaga kelib Sanjar Shoahmedov ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻygan.

Bu oʻsha mavsum “Lokomotiv”ning uydagi ilk gʻalabasi boʻlgandi. Chunki “temiryoʻlchilar” avvalgi ikkita uy uchrashuvida “Metallurg” va “Qoʻqon-1912”ni qabul qilib 1:1 hisobini qayd etishgan. Eslatib oʻtamiz, “Lokomotiv” 2018-yil yakunida Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan.

Superliga, 7-tur. 21.04.2018

“Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona” 2:0

Gollar: Sardor Rashidov (36), Sanjar Shoamehdov (54).

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Boburbek Yoʻldoshev, Kaxi Maxaradze (Sadriddin Abdullayev, 70), Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev, Husniddin Gʻofurov (Diyor Turopov, 77), Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov (Azizbek Amonov, 86), Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Igor Yelich.

“Soʻgʻdiyona”: Dilshod Hamroyev, Elyor Oripov, Alisher Ziyovutdinov, Akmal Xolmurodov, Azamat Isroilov, Dilmurod Karimov (Doniyor Hasanov, 54), Sardor Azimov, Shohruz Norxonov, Tohir Shamsiddinov, Jahongir Abdumoʻminov (Izzatilla Abdullayev, 68), Nurillo Toʻxtasinov.

Ogohlantirish: M.Bikmayev (20), H.Gʻofurov (75).

Bosh hakam: Aziz Asimov.