📕 Tarixni yodga olamiz: 2014-yil “Lokomotiv”da oʻynagan futbolchilar

⚽️ Oʻzbekiston futbolida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib “Lokomotiv”ning 2014-yilgi natijalarini yodga olamiz. 👇

✅ “Lokomotiv” 2014-yilni OCHL pley-off bosqichidagi uchrashuv bilan boshlagan.
✅ Toshkentda qalin qor yoqqani sababli OFK 9-fevral kuni Quvaytning “Al Quvayt” (“Quvayt SK”) jamoasi bilan kechgan bahsni “Paxtakor” stadioniga koʻchiradi.
✅ Mazkur uchrashuvda “temiryoʻlchilar” 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan holda OCHL guruh bosqichiga chiqa olishmagan.
✅ “Loko” safida Ivan Nagayev 66-daqiqada yagona gol muallifi boʻlgan.
✅ 2014-yil ham Oliy ligada 14ta jamoa ishtirok etgan.
✅ “Lokomotiv” 26 oʻyinning 20tasida gʻalaba qozonib, ikki durang bilan jami 64 ochko toʻplagan holda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
✅ “Temiryoʻlchilar” oʻsha mavsum faqat ikkita bellashuvda imkoniyatni boy berishgan: “Bunyodkor” va “Paxtakor”ga.
✅ Yana bir maʼlumot, 2014-yil “Loko” oʻz tarixida birinchi bor Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritgan.
✅ Olmaliq shahrida boʻlib oʻtgan Kubokning final oʻyinida “Bunyodkor” 1:0 hisobida magʻlub etilgan.
✅ Oʻyindagi yagona gol 107-daqiqada Jasur Hasanov tomonidan kiritilgandi.

🏟 2014-yil uyda oʻtkazilgan oʻyinlar:

“Lokomotiv” – “Nasaf” 1:1
“Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona” 3:1
“Lokomotiv” – “Andijon” 4:0
“Lokomotiv” – “Qizilqum” 4:1
“Lokomotiv” – “Olmaliq” 3:0
“Lokomotiv” – “Buxoro” 2:0
“Lokomotiv” – “Navbahor” 2:0
“Lokomotiv” – “Metallurg” 5:1
“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 1:2
“Lokomotiv” – “Paxtakor” 1:3
“Lokomotiv” – “Mashʼal” 3:1
“Lokomotiv” – “Dinamo” 1:0
“Lokomotiv” – “Neftchi” 4:2

👉🏿 “Lokomotiv” uydagi bahslarning 10tasida gʻalaba qozongan.
👉🏿 Mavsumdagi ikkita magʻlubiyat ham uyda oʻyinlarda roʻy bergan.
👉🏿 Jamoamizning uy uchrashuvlarida toʻplar nisbati 34-12.
👉🏿 Uydagi eng yirik gʻalaba “Andijon” va “Metallurg” bilan bahslarda qoʻlga kiritilgan.

✈️ 2014-yil safarda oʻtkazilgan oʻyinlar

“Navbahor” – “Lokomotiv” 0:1
“Metallurg” – “Lokomotiv” 0:1
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:1
“Paxtakor” – “Lokomotiv” 2:2
“Mashʼal” – “Lokomotiv” 0:2
“Dinamo” – “Lokomotiv” 1:2
“Neftchi” – “Lokomotiv” 0:1
“Nasaf” – “Lokomotiv” 2:5
“Soʻgʻdiyona” – “Lokomotiv” 0:2
“Andijon” – “Lokomotiv” 1:2
“Qizilqum” – “Lokomotiv” 2:3
“Olmaliq” – “Lokomotiv” 0:1
“Buxoro” – “Lokomotiv” 1:1

👉🏿 2014-yil safardagi bahslar magʻlubiyatsiz oʻtgan.
👉🏿 Jamoamiz safarda 10 marta zafar quchib, 3 bor durang oʻynagan.
👉🏿 Safar bellashuvlarida toʻplar nisbati 24-10.
👉🏿 Eng yirik gʻalaba Qarshida “Nasaf” ustidan qoʻlga kiritilgan.

🚂 2014-yil “Lokomotiv” safida maydonga tushgan futbolchilar:

⚽️ Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov – 23 oʻyin.
Timur Joʻrayev – 2 oʻyin.
Sarvar Karimov – 1 oʻyin.

Himoyachilar:
Ibrohim Rahimov – 25 oʻyin, 2 gol.
Islom Toʻxtaxoʻjayev – 23 oʻyin, 1 gol.
Salim Mustafoyev – 21 oʻyin, 1 gol.
Bobur Yoʻldoshev – 19 oʻyin.
Shavkat Mullajonov – 9 oʻyin.
Ilhom Suyunov – 7 oʻyin, 1 gol.
Artyom Filiposyan – 6 oʻyin.
Sahob Joʻrayev – 4 oʻyin.
Sardor Rahmonov – 2 oʻyin.

⚽️ Yarim himoyachilar:
Lutfulla Toʻrayev – 25 oʻyin, 2 gol.
Jasur O. Hasanov – 23 oʻyin, 2 gol.
Fozil Musayev – 22 oʻyin, 2 gol.
Viktor Karpenko – 20 oʻyin, 1 gol.
Dilshod Rahmatullayev – 13 oʻyin, 1 gol.
Sadriddin Abdullayev – 13 oʻyin, 4 gol.
Jasur J. Hasanov – 9 oʻyin, 2 gol.
Akmal Xolmatov – 5 oʻyin.
Andrey Kojokar – 5 oʻyin.
Quvondiq Roʻziyev – 4 oʻyin.
Dilshod Jabborov – 4 oʻyin.
Marat Bikmayev – 4 oʻyin, 2 gol.
Sardor Mirzayev – 1 oʻyin.

⚽️ Hujumchilar:
Farhod Tojiyev – 22 oʻyin, 13 gol.
Ivan Nagayev – 19 oʻyin, 8 gol.
Aleksandr Geynrix – 11 oʻyin, 7 gol.
Alisher Shogʻulomov – 11 oʻyin, 5 gol.
Vyacheslav Shevchenko – 7 oʻyin, 1 gol.
Aleksandr Shadrin – 2 oʻyin.

✅ “Loko” safida Farhod Tojiyev 13ta gol bilan jamoa toʻpurari boʻlgan.
✅ Lutfulla Toʻrayev va Ibrohim Rahimov eng koʻp 25tadan oʻyinda ishtirok etishgan.