📆 Tarixda bugun. “Lokomotiv” – “Sepaxon” 1:0

⚽️ Bundan toʻrt yil oldin 2016-yilning 6-aprel sanasida “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvini oʻtkazgandi. 👇👇

OCHL guruh bosqichidan oʻrin olgan bahsda “temiryoʻlchilar” Toshkentda Eronning “Sepaxon” klubini qabul qilib 1:0 hisobida zafar quchishgan. Oʻyindagi yagona gol 54-daqiqada Temurxoʻja Abduxoliqov tomonidan kiritilgandi.

Umumanda olganda 2016-yilgi OCHL “Lokomotiv” uchun eng muvaffaqiyatli mavsum hisoblanadi. Jamoamiz oʻshanda chorak finalga qadar borib, BAAning “Al Ayn” klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan holda musobaqani tark etgan.

OCHL. Guruh bosqichi, 4-tur. 06.04.2016

“Lokomotiv” (Oʻzbekiston) – “Sepaxon” (Eron) 1:0

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov, 10.Marat Bikmayev, 11.Temurxoʻja Abduxoliqov, 17.Salim Mustafoyev, 18.Temur Kapadze, 20.Islom Toʻxtaxoʻjayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 33.Oleg Zoteyev, 37.Sherzod Fayziyev.

Zaxiradan tushganlar: 28.Ikrom Aliboyev, 29.Quvondiq Roʻziyev, 77.Jasur Hasanov.

“Sepaxon”: Rahmon Ahmadi, Ali Karimi, Rasul Navidkia, Abdulloh Karamigaletogi, Seniyad Ibrichich, Fozil Musayev, Leandro Padovani, Vorya Gafuri, Lusiano Pereyra, Sayed Gadifar, Hosseyn Fazeli.

Gol: Temurxoʻja Abduxoliqov, 54.

Bosh hakam: Ali Hasan Abdulnabi (Bahrayn).