Abdumutallib Rejabboyev: ‘G’alabadan hammamiz xursandmiz’

‘Lokomotiv’ U-18 Respublika U-18 birinchiligining 2-turida g’alabaga erishdi. Safarda ‘Navbahor’ 2:0 hisobida mag’lub etilgan o’yindan keyin jamoamiz tarkibida ikkinchi gol muallifi Abdumutallib Rejabboyev o’z fikrlarini bildirdi.

– O’yin haqida fikringiz?
– ‘Navbahor’ bilan bahs qiyin kechdi. G’alaba uchun rosa harakat qildik. Yakunda mehnatimiz hosilini ko’rib 2:0 hisobida zafar quchdik. G’alabadan hammamiz xursandmiz.

– Uydagi ‘Andijon’ bilan durang jamoaga qanday ta’sir qildi?
– Mavsumning ilk uchrashuvi bo’lgani uchunmi biroz hayajon bosdi. Keyin esa o’zimizga kelib oldik va navbatdagi bellshashuvga hozirlik ko’rdik.

– Bugun jarima to’pidan ajoyib gol urdingiz.
– Bundan o’zim ham xursandman. Men tez-tez jarima to’plarini tepishni mashq qilib turaman. Bungacha ikki marta jarimadan gol urgandim. Bugun uchinchisi bo’ldi.