“Lokomotiv-W”da yirik hisobdagi g’alaba!

📋 Jizzaxda Futzal bo’yicha 👩🏻 ayollar o’rtasida XV 🇺🇿 O’zbekiston 🏆 kubogi bahslari start oldi.
“Lokomotiv-W” turnirning 1/8 finali doirasida AGMK-2-W jamoasiga qarshi o’yin o’tkazdi va yirik 20:1 hisobida g’alabaga erishdi.
Ushbu g’alabasi orqali Farxod Murotov shogirdlari musobaqaning chorak finaliga yo’llanma olishdi. Bugun bo’lib o’tadigan “So’g’diyona-W” – “Navbahor-W” uchrashuvi g’olibi yarim final yo’llanmasi uchun “Lokomotiv-W”ga qarshi kurash olib boradi.

🏆 Futzal boyicha Ozbekiston kubogi.
🔴 Lokomotiv-W – AGMK 2-W 🔶 20:1
⚽️ Dildora Ergasheva 2, 3, 4, 5, 14, 15, 26, 31, 32; ⚽️ Jesika Kruchinina 13, 30; ⚽️ Arina Smirnova 16; ⚽️ Baxtishoda To‘xtayeva 18; ⚽️ Ro‘zixon Asqarova 19, 33; ⚽️ Oysara Suyunova 24; ⚽️ Nodira Iskandarova 27, 36, 37; ⚽️ Ilvina Kamaliyeva 27.