“Lokomotiv” taqdimot marosimiga taklif etadi

Ertaga, 25-fevral kuni “Lokomotiv” yangi mavsum oldidan jamoamizga kelib qoʻshilgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini oʻtkazadi. Taqdimot marosimida shuningdek “Lokomotiv” PFK Bosh direktor oʻrinbosari Toʻlabek Akramov bilan jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishtirok etadi.

Ertangi tadbir “Lokomotiv” PFK titul homiysi OFB-Orient Finans Bank bosh ofisining konferensiyalar zalida boʻlib oʻtadi. Marosim soat 11:00da boshlanadi. Barcha turdagi OAV xodimlari hamda jurnalistlarni taqdimot marosimiga taklif etib qolamiz.

Manzil: Mirzo Ulugʻbek tumani, Osiyo 5 (Orient Finans Bank bosh ofisi)