OʻzPFL matbuot xizmati “Lokomotiv”ning 1-turdagi oʻyinini boshqaradigan hakamlar nomini maʼlum qildi.
Unga koʻra, uchrashuvni Axrol Risqullayev boshqarib boradigan boʻldi. Qanotlarda Abdulhamidillo Rasulov hamda Olim Abduvosilovlar ishlashadi.
Zaxira hakami – Shavkat Nasibullayev.
Uchrashuv nazoratchisi: Sardor Najafaliyev
Komissar: Sardor Kudratullayev
2016-yilda Oʻzbekiston chempionatida hakamligini boshlagan Axrol Risqullayev ayni damda FIFA hakami. U boshlanishiga OCHLda zaxira hakami sifatida ishlagan.
U soʻnggi bora “Lokomotiv” ishtirokidagi oʻyinni oʻtgan yilning 15-sentyabrida boshqargan, oʻshanda “temiryoʻlchilar” “Metallurg”ga qarshi oʻyinda 1:1 hisobidagi durangni qayd etgan.
Olim Abduvosilov – FIFA hakami. Uning “Lokomotiv” ishtirokidagi soʻnggi oʻyini 2019-yilning 30-noyabrida, yaʼni chempionatning oxirgi turida “Paxtakor”ga qarshi oʻyinimizda ishlagan. Oʻsha kuni u Elyor Tursunovga koʻmak bergandi.
Abduhamidillo Rasulov – FIFA hakami, ikki bora JCHda ishlagan va ikki marta Osiyoning eng yaxshi laynsmeni boʻlgan.
Sherzod Qosimov brigadasida u doimiy tarzda Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK Kubogi oʻyinlarini boshqarib kelmoqda.
Rasulov “Lokomotiv” ishtirokida soʻnggi bora oʻtgan yilning oktyabr oyida “Buxoro”ga qarshi oʻyinda ishlagandi.
📅 Eslatib oʻtamiz, Superliganing 1-turi doirasidagi “Lokomotiv” – “Andijon” uchrashuvi 28-fevral kuni 16:45da “Lokomotiv” stadionida start oladi.