Rifat Akramxoʻjayev — “Lokomotiv“ U-18 jamoasi bosh murabbiyi

Oʻtgan mavsumda “Lokomotiv“ U-21 jamoasi bilan klub tarixida ilk bor Yoshlar ligasida chempion boʻlgan Rifat Akramxoʻjayev ushbu mavsumda U-18 jamoamizni boshqaradi.

Rifat Akramxoʻjayevga murabbiylar shtabida yordamchi murabbiy Yuriy Vintovkin hamda darvozabonlar murabbiyi Anvar Jabborovlar yordam berishadi. Shu bilan birga Akramxoʻjayev “Lokomotiv“ U-21 jamoasida Dilshod Nuraliyevga yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Oʻtgan yillar davomida klubimizda bolalar futboliga boʻlgan eʼtibor ancha oshdi va bunga tarbiyalanuvchilarimiz ham oʻz gʻalabalari bilan munosib javob qaytarishmoqda. Shu oʻrinda aytish mumkinki, Rifat Akramxoʻjayev boshqaruvidagi “Lokomotiv“ U-18 jamoamizga yangi mavsumda omad tilab qolamiz.

photo_2020-02-11_11-50-03