Shahzod Shaymanov – “Lokomotiv” futbolchisi

Oʼtgan mavsumni “Navbahor” tarkibida oʼtkazib, muxlislar ishonchiga erishgan ajoyib yarim himoyachi Shaxzod Shaymanov “Lokomotiv” futbolchisiga aylandi.

Shaxzod 1992 yilning 2 aprelь kunida tugʼilgan va oʼng qanot yarim himoyasida oʼynaydi. Faoliyatini asosan Oʼzbekistonning yuqori divizionida oʼtkazmoqda. 2014-2017 yillar davomida oʼzi tarbiyalangan “Mashʼal” sharafini himoya qildi va keyinchalik “Metallurg”ga transfer qilindi. Qayd etish kerak, Shaxzod oʼzi oʼynagan barcha jamoalarida asosiy tarkib futbolchisiga aylana olgan. Buni quyidagi statistika ham tasdiqlab turibdi.

2012 “Mashʼal” 20 oʼyin
2014 (1-davra) “Аndijon” 9 oʼyin, 1 gol
2014 (2-davra)-2017 “Mashʼal” 85 oʼyin, 10 gol.
2018 “Metallurg” 27 oʼyin, 6 gol
2019 “Navbahor” 20 oʼyin, 2 gol

“Temiryo’lchilar” safiga xush kelibsan, Shaxzod!