Temurxoʻja Abduxoliqov “Lokomotiv”ga qaytdi

2015-2016-yillarda jamoamiz tarkibida harakat qilib, keyinchalik 2018-yilda yana bir bor jamoaga qaytgan Temurxo’ja Abduxoliqov 2019-yilgi mavsum ikkinchi yarmida BAAning “Xorfakkan” jamoasiga oʻtgan edi.
BAA Pro-ligasi debyutanti hisoblangan jamoa safida 7 uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi BAAdagi faoliyatiga yakun yasadi. “Lokomotiv” raxbariyati va murabbiylar shtabi futbolchi bilan ushbu mavsumda ham hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Temurxoʻja Abduxoliqovning statistikasi

2011-2013 “Paxtakor” 64 oʻyin, 22 gol
2014/2015 “Xayduk” (Xorvatiya) 10 oʻyin, 1 gol
2015-2016 “Lokomotiv” 50 oʻyin, 30 gol
2017/2018 “Al Sayliya” (Qatar) 33 oʻyin, 17 gol
2018-2019 “Lokomotiv” 37 oʻyin, 17 gol
2019 “Xorfakkan” 7 oʻyin

“Lokomotiv”ga qaytganing muborak, Temurxo’ja!