Sherzod Fayziev “Lokomotiv”ga qaytdi

3 yillik tanaffusdan soʼng himoyachi Sherzod Fayziev “Lokomotiv”ga qaytdi.
1992-yilning 6-fevralь kunida tugʼilgan Sherzod oʼtgan mavsumda АGMK va “Soʼgʼdiyona” tarkibida yorqin oʼyinlar oʼtkazdi va “Lokomotiv” murabbiylar shtabi eʼtiborini yana bir bor qozona oldi.
2016 va 2017-yilgi mavsumda “Lokomotiv” sharafini himoya qilgan, himoya chizigʼining barcha nuqtalarida oʼynay olishi bilan muxlislar eʼtiborini qozongan Sherzod Fayziev 2020-yilgi mavsumda “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi.
Sherzod Fayzievning statistikasi:
2011-2015 “Mashʼal” 63 oʼyin, 2 gol
2016-2017 “Lokomotiv” 38 oʼyin
2018 “Metallurg” 27 oʼyin
2019 (1-davra) АGMK 7 oʼyin
2019 (2-davra) “Soʼgʼdiyona” 12 oʼyin