“Lokomotiv” Abu Dabiga yoʻl olmoqda

Yangi mavsum “Loko” uchun birmuncha erta boshlanadi. “Temiryoʻlchilar” 21-yanvar kuni OCHL pley-off bosqichi doirasida Tojikiston chempioni “Istiqlol”ni qabul qilishadi. 

Osiyo chempionlar ligasi, umuman yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrish maqsadida jamoamiz bugun BAA poyxati Abu Dabiga yoʻl olyapti. 3-yanvardan boshlanadigan yigʻin 15-yanvarga qadar davom etadi. Bu vaqt oraligʻida “temiryoʻlchilar” ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishadi.

Oʻrtoqlik oʻyinlari Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” hamda Xitoyning “Jiangsu Suning” klublariga qarshi boʻlib oʻtadi.

“Lokomotiv”ning xorij yigʻiniga yoʻl olayotgan tarkibi:

Darvozabonlar – Ignatiy Nesterov, Javohir Ilyosov, Rustam Nartajiyev.

Himoyachilar – Oleg Zoteyev, Davron Hoshimov, Farrux Ibrohimov, Shuhrat Muhammadiyev, Jaloliddin Jumaboyev, Dilshod Komilov.

Yarim himoyachilar – Jamshid Iskanderov, Avazbek Oʻlmasaliyev, Diyor Turopov, Sardor Mirzayev, Kaxi Maxaradze, Javohir Alijonov, Kamron Saidazimov, Bek Abdullayev, Davron Umirov, Sarvar Shoahmedov.

Hujumchilar – Asadbek Ergashev, Abdulaziz Yusupov, Ibrohim Gʻanixonov, Marat Bikmayev.

Jamoa menejeri – Toʻlabek Akramov
Bosh murabbiy – Andrey Fyodorov
Katta murabbiy – Andrey Miklyayev
Darvozabonlar murabbiyi – Pyotr Gizimchuk
Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy – Aleksandr Shatskix
Shifokor – Abror Pirriyev
Maʼmurlar – Baxtiyor Ismoilov, Ulugʻbek Usmonxoʻjayev
Massajchilar – Gurgen Israyelyan, Abdurahim Sarimsoqov
Video operator – Ravshan Akbarov