Jerrard: “Lokomotiv”ga qarshi o’yinni intiqlik bilan kutyapmiz”

“Reynjers” rasmiy sayti 11 yanvar kuni jamoa Toshkentning “Lokomotiv”iga qarshi sinov-nazorat o’yini o’tkazilishini malum qildi.

Ushbu o’yin Dubay sport uyushmasi va “Adolatli futbol” tashkiloti tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 3da Dubaydagi “Sevens” stadionida bo’lib o’tadi.

“Lokomotiv” O’zbekistonning uch karra chempioni, mamlakat Superkubogining amaldagi egasi va Osiyo CHempionlar Ligasining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.

“Reynjers” bosh murabbiyi Stiven Jerard: “Lokomotiv”ga qarshi o’yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Dubaydagi iliq havoda o’yin yuqori sifatda o’tishi shubxasiz.

Biz mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlik yaxshi bo’lishini istaymiz va bo’lajak o’rtoqlik o’yinlari biz uchun muhim ahamiyat kasb etishini aytib o’taman”.

“Lokomotiv” O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan. O’zbekiston O’rta Osiyoda eng ko’p aholiga ega bo’lgan davlatlardan biri hisoblanadi.

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ham o’z fikrlarini bildirdi: “Reynjers” kabi buyuk tarix va katta shon-shuhratga ega bo’lgan jamoaga qarshi o’ynash biz va o’zbek futboli ahli uchun ham anchagina hayajonli.

Dubaydagi mavsumoldi yig’inlar yakunlanganidan keyin asosiy tarkib uchun kurash kuchayadi. SHu boisdan jamoa “Reynjers”ga qarshi bahsda bor kuchini berib o’ynashga harakat qiladi”

“Sevens” stadioni futbolning ayni damdagi barcha talablariga javob beradigan sharoitlarga ega, o’z bag’riga 50 mingdan ziyod muxlislarni sig’dira oladi. Bunga qadar ushbu stadionda “Real” hamda “Milan” jamoalari o’zaro o’rtoqlik o’yini o’tkazishgan, shuningdek, Jastin Biber ham koncert bergan.

“Reynjers” jamoasi esa Dubayda 6-12 yanvar kunlari o’z yig’inini o’tkazib qaytadi.