Marat Bikmaev “Lokomotiv”ga qaytdi

Oʼtgan mavsumni “Paxtakor” tarkibida oʼtkazgan Marat Bikmaev “Lokomotiv”ga qaytdi.

2014-2018 yillar davomida “Lokomotiv” tarkibida harakat qilib, koʼplab gollari bilan muxlislar mehrini qozongan Marat Bikmaev yangi 2020 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.

“Lokomotiv”ga qaytganing muborak, Marat!

Marat Bikmaevning “Lokomotiv” tarkibida Oʼzbekiston chempionatida qayd etgan natijalari:
2014 yil. 4 oʼyin, 138 daqiqa, 2ta gol
2015 yil. 27 oʼyin, 1429 daqiqa, 11ta gol
2016 yil. 27 oʼyin, 1447 daqiqa, 12ta gol
2017 yil. 25 oʼyin, 1960 daqiqa, 26ta gol
2018 yil. 29 oʼyin, 2411 daqiqa, 14ta gol