Quvonchli xabar! Kaxi Maxaradze “Lokomotiv”ga qaytdi

Oʻzbekiston milliy chempionatida 2009-yildan beri toʻp tepib kelayotgan gruziyalik mohir futbolchi Kaxi Maxaradze oʻzining sevimli klubi “Lokomotiv”ga qaytdi.

Maʼlumki, Maxaradze 2009-yil Oʻzbekiston chempionatidagi ilk mavsumini aynan “Loko”da boshlagandi. Kaxi oʻsha yil “termiryoʻlchilar” safida 15ta oʻyinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. U 2010-yilni ham “Lokomotiv”da oʻtkazib shundan soʻng “Paxtakor”ga yoʻl oldi.

Oradan besh yil oʻtib “Loko”ga qaytgan Maxaradez 2016/2017/2018-yillari jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri boʻldi. Tayanch yarim himoyasida toʻp tepgan futbolchi uch yilda 100dan ziyod uchrashuvda ishtirok etib, “Lokomotiv”ning ketma-ket uch mavsum chempion boʻlishida munosib hissa qoʻshdi.

Bu yil “Soʻgʻdiyona”da faoliyat olib borgan Maxaradze Superliganing barcha 26 turida harakat qilgan jizzaxliklarning yagona futbolchisi boʻldi. Chempionat yakuniga yetgach u erkin agent sifatida yana “Lokomotiv” qaytdi va “temiryoʻlchilar” bilan shartnoma imzoladi.

“Lokomotiv”ga qaytganing muborak boʻlsin, Kaxi!

Kaxi Maxaradzening “Lokomotiv”dagi koʻrsatkichi (Oʻzbekiston milliy chempionati)

2009-yil. 15 oʻyin, 1287 daqiqa, 2 gol
2010-yil. 19 oʻyin, 1598 daqiqa
2016-yil. 27 oʻyin, 2360 daqiqa, 3 gol
2017-yil. 29 oʻyin, 2398 daqiqa, 1 gol
2018-yil. 30 oʻyin, 2503 daqiqa, 1 gol