Futzal. “Lokomotiv” Oʼzbekiston Kubogi finaliga chiqdi!

Bugun poytaxtimizdagi “Oʼzbekiston” sport majmuasida futzal boʼyicha Oʼzbekiston kubogi yarim final uchrashuvlari boʼlib oʼtdi.

Kunning dastlabki bahsida АGMK jamoasi “Bunyodkor” futzalchilarini 5:3 hisobida magʼlub etdi va finalning ilk chiptalarini qoʼlga kiritdi.

Ikkinchi oʼyinda esa “Lokomotiv” final uchun “Metallurg”ga qarshi bahs olib bordi. Dastlab, “Lokomotiv” 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Keyinchalik “Metallurg” futzalchilari ketma-ket 3 bora raqib darvozasini ishgʼol qilishdi. Bahsning soʼnggi daqiqasida esa “Lokomotiv” darvozaboni Аbbos Elmurodov oʼz goli bilan hisobni tenglashtirdi.

5 daqiqalik 2 ekstra taymlar esa “Lokomotiv”ning mutlaq ustunligida oʼtdi va jamoamiz 5:3 hisobida gʼalabaga erishdi. Shu orqali “Lokomotiv” finalda АGMKga qarshi bahs olib boradigan boʼldi.
Oʼzbekiston Kubogi
Yarim final
“Metallurg” – “Lokomotiv” 3:5
Gollar: Odiljon Аsamov (16, 17), Аlisher Ibragimov (27) – Ruslan Veklich (7), Mirzohid Haydarxoʼjaev (10), Аbbos Elmurodov (38), Аbdulla Solixov (46), Sarvar Shoahmedov (50).