Futzal. “Lokomotiv” yirik hisobdagi g’alaba qozondi va pley-off bosqichi

Poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport arenasida O’zbekiston Kubogi 3-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Unda “Lokomotiv” jamoasi guruh bosqichidan chiqish uchun “Stroitel-Zarafshon” futzalchilariga qarshi bahs olib bordi.

Qayd etish kerak, Ahad Yusupov boshchiligidagi jamoamiz raqiblarini yirik 14:2 hisobida mag’lub etdi va pley-off bosqichiga yo’llanma oldi.

O’zbekiston kubogi
“A” guruhi, 3-tur
“Lokomotiv” – “Stroitel-Zarafshon” 14:2
Gollar: Mirzoxid Xaydarqulov (1, 10, 13), Muzaffar Axadjonov (15, 31, 34), Sarvar Shoahmedov (15, 38), Abbos Elmurodov (18), Abdulla Solixov (32, 32, 38), Xayrulla Solixov (35), Xusniddin Ashurov (36) – Islom Salimov (33), Sherzod Alijonov (40).

Jamoamizning pley-offdagi ilk uchrashuvi 28-dekabr kuni o’tkaziladi.