“Lokomotiv” PFK va Orient Finans Bank bolajonlarni bayram bilan tabrikladi

Yangi yil bayrami ham yaqinlashmoqda. Maʼlumki, har yilning aynan shu kunlarida “Lokomotiv” futbol klubining bemor yotgan bolalar holidan xabar olishi anʼanaga aylanib ulgurdi deya olamiz.

Shu bois bugun ham “Lokomotiv” PFK murabbiylar shtabi va fubolchilar jamoamizning titul homiysi Orient Finans Bank xodimlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash Vazirligiga qarashli Respublika onkologiya ilmiy markazida boʻlib, xastalikdan aziyat chekayotgan bolakaylarning koʻnglini koʻtarish maqsadida tabriklab, ularga sovgʻalar ulashishdi.

Ushbu tadbirda Orient Finans Bank marketing boʻlimi vakillari ham ishtirok etishdi. Bolalarning sevimli multfilm qahramonlari esa onkologiya markazida davolanayotgan bolajonlarga xushkayfiyat ulashishdi. “Lokomotiv” PFK hamda Orient Finans Bank xodimlarining tashrifi butun ilmiy markaz jamoasi hamda bolalarning ota-onalarini nihoyatda quvontirdi. Sovgʻalar ulashilgach, bolalarga tezroq sogʻayib ketishlarini tiladik va barchamiz esdalik uchun suratga tushdik.

Shuningdek, ushbu tadbirga mamlakatimizning ko’zga ko’ringan bokschilari ham o’z hissasini qo’shishdi.