“Lokomotiv” futbolchilari championat.asia ramziy termasida!

championat.asia sayti o’z talqiniga ko’ra mavsumning ikki xil ramziy termasini taqdim qildi. Unda mavsum ramziy termasi va legionerlar ramziy termasi foydalanuvchilar e’tiborga taqdim qilindi.

Qayd etish kerak, ushbu ramziy termalardan “Lokomotiv” futbolchilari ham o’rin oldilar. Jamoamizning asosiy himoyachilaridan biri Islom To’xtaxo’jayev mavsum ramziy termasidan o’rin olgan bo’lsa, serbiyalik Yovan Jokich hamda turkmanistonlik Arslanmirat Amanovlar legionerlar termasida qayd qilinishdi.

photo_2019-12-13_15-50-43 photo_2019-12-13_15-50-45