“Vodiy Super Cup-2019” Tarbiyalanuvchilarimiz finalda!

Namangan va To’raqo’rg’onda “Vodiy Super Cup-2019” musobaqasi o’zining kulminatsion nuqtasiga yaqinlashmoqda.

Bugun tarbiyalanuvchilarimiz final yo’llanmasi uchun “Farovon” jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Qayd qilish kerak, ushbu bahsda ham “Lokomotiv” yirik 3:0 hisobida g’alabaga erishdi.

Shu orqali “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari “Vodiy Super Cup-2019” turniri finalida o’ynaydigan bo’lishdi. Hal qiluvchi bahsda jamoamiz Andijon FA jamoasiga qarshi maydonda saf tortishadi.