“Vodiy Super Cup-2019″da kumush medallar qo’lga kiritildi

Bugun Namangan va To’raqo’rg’onda “Vodiy Super Cup-2019” musobaqasi o’z yakuniga yetdi.

Oldinroq ushbu turnirda tarbiyalanuvchilarimiz final o’yinida qatnashishini aytib o’tgandik. Bugun Andijon FA jamoasiga qarshi maydonga tushgan “Lokomotiv” jamoasi penaltilar seriyasida mag’lubiyatga uchradi.

Dastlab asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Penaltilar seriyasida esa andijonliklar 4:2 hisobida g’alaba qozonishdi va turnir oltin medallarini qo’lga kiritishdi.

Finaldagi mag’lubiyat xech nimani bildirmaydi! “Lokomotiv” kelajagi ishonchli qo’llarda!