“Bunyodkor Kubogi-2019”. Tarbiyalanuvchilarimiz finalga chiqishdi

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi sun’iy qoplamali maydonida “Bunyodkor Kubogi-2019” musobaqasi davom etmoqda.

Bugun dasturga ko‘ra, turnirning yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va unda “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari “Bunyodkor” bilan bahs olib borishdi.

Keskin qarama qarshilikda hisob ochilmagandi. Keyinchalik bo‘lib o‘tgan penaltilar seriyasida tarbiyanauvchilarimiz 6:5 hisobida g‘alabaga erishishdi.

Saydullo Tursunov boshchiligidagi jamoamizning finaldagi raqibi O‘zbekiston U-16 – Andijon FA uchrashuvi g‘olibi bo‘ladi.