Coca Cola Superliganing 26-turi doirasidagi “Lokomotiv”ga qarshi oʼyindan keyin “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Аrveladze matbuot anjumanining birinchi qismida qatnashdi.
– Barchaga rahmat aytaman. Juda uzoq mavsum oʼz poyoniga yetdi. Bu oʼyin muxlislarga ham unchalik qiziq boʼlmadi. Yigitlar shu boisdan texnik futbol namoyish etishdi va koʼp kuch sarflashmadi. Kam boʼlsa-da, stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Barchaga, “Lokomotiv”ga ham, boshqa jamoalarga ham minnatdorchilik bildiraman. Keyingi mavsum bundan-da qiziqroq oʼtishiga ishonaman.
Koʼpchilik muxlislar mavsum zerikarli oʼtganini aytdi. Biroq unday emas. Soʼnggi turdagina quyiga tushadigan jamoa nomi aniq boʼldi. Mavsumda 46-47-oʼyinida qatnashayotgan, shuningdek, termaga ham borini berayotgan futbolchilarga rahmat aytaman.
25 dekabrda jamoa yigʼiladi. Yangi futbolchilar boʼladi, biroq bu hali kimligi aniq emas. Shuningdek, legionerlardan kam boʼlmagan futbolchilarga ham ishonch bildirishga intilamiz.
Himoya meni unchalik tashvishga solmayapti. OChLda biz qitʼaning eng yaxshi jamoalariga qarshi bahs olib bordik. Barcha futbolchilarda pasayish boʼladi. 20 kunlab dam olgandan keyin klublarda ham pasayish kuzatiladi. Barchadan koʼra kamroq kartochka oldik. Futbolchilarga feyr-pley sovrinini bersak ham boʼladi.
Komilov, Аbdullaev va Sidiqovga rahmat aytaman. Ular katta yoʼlni biz bilan boshlashgandi, afsuski jarohat ularga katta halaqit qildi. Yana bir-ikki oyni oʼtkazib yuborishsa, hech nima qilmaydi. Biz futbolchilarning keyingi faoliyati uchun javobgarmiz. Endi qolgan yigitlar dam olishga chiqishadi. Jarohatlanganlar esa tiklanishda davom etishadi.
Yigitlarning 2-3 yillik shartnomasi bor. Faqatgina 4 futbolchining shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi.