Futzal. “Lokomotiv” chorak finalning ikkinchi oʼyinida magʼlub boʼldi

Bugun poytaxtimizdagi “Oʼzbekiston” sport majmuasida futzal boʼyicha Oʼzbekiston chempionati chorak final ikkinchi oʼyinlar boʼlib oʼtdi. Unda “Lokomotiv” futzalchilari “Nasaf”ga qarshi parketga chiqishdi. Qayd etish kerak, dastlabki uchrashuvda 3:2 hisobida gʼalabaga erishgan futzalchilarimiz ikkinchi oʼyinda magʼlub boʼlishdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangandi. Qoʼshimcha boʼlimlardan keyin esa hisob 4:8ni tashkil qildi.

Ertangi oʼyinlardan keyin chorak final uchrashuvlari yakuniga yetadi.