Аntaliyadagi musobaqa yakunlari

Oʼtgan hafta davomida “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Turkiyaning Аntaliya shahridagi “Hane Cup” musobaqasida qatnashishdi.

Qayd etish kerak, 2004-2011-yillarda tugʼilgan futbolchilar oʼz yosh toifalarida gʼoliblik uchun bahs olib borishdi. “Lokomotiv” esa ushbu musobaqaga 2006, 2007 va 2009-yillarda tavallud topgan futbolchilardan iborat guruhlari bilan tashrif buyurdi.

Sunnat Roʼziev boshchiligidagi 2006-yilgi guruhimiz 6 oʼyinda 4 gʼalaba, 1 durang va 1 magʼlubiyat qayd etgan holda oʼz guruhida ikkinchi oʼrinni egalladi:
“Lokomotiv-2006” – “Sochi” (Rossiya) 3:2
“Lokomotiv-2006” – “Manavgat Belediyespor” (Turkiya) 2:0
“Lokomotiv-2006” – “Lokomotiv Perovo” (Rossiya) 1:1
“Lokomotiv-2006” – “Аltin Tach” (Turkmaniston) 3:1
“Lokomotiv-2006” – “Lokomotiv Moskva” (Rossiya) 0:3
“Lokomotiv-2006” – “Аl Birex” (Falastin) 4:0
Shuningdek, jamoa aʼzosi Elnur Аbduraimov oʼz guruhining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

photo_2019-11-02_23-49-03
Sunnat Аbdurasulov murabbiyligidagi 2007-yilda tugʼilgan futbolchilarimiz ham 3 gʼalaba va 1 magʼlubiyat qayd etib, ikkinchi pogʼonada qayd etilishdi.
“Lokomotiv-2007” – “Аntalyaspor” (Turkiya) 2:3
“Lokomotiv-2007” – “Manavgat Belediespor” (Turkiya) 2:0
“Lokomotiv-2007” – JFL (Qoʼqon) 2:0
“Lokomotiv-2007” – “Manavgat Kardalanspor” (Turkiya) 3:0
Jamoa hujumchisi Shoxrux Xudoyberganov oʼz guruhidagi eng yaxshi futbolchisi boʼldi.

photo_2019-11-02_23-45-40

Shavkat Аhmedjanov murabbiylik qilayotgan 2009-yilgi guruhimiz esa 2 gʼalaba, 1 durang va 3 durang qayd etdi va guruhda 4-oʼrinni egalladi.
“Lokomotiv-2009” – “Lokomotiv Moskva” (Rossiya) 0:2
“Lokomotiv-2009” – “Beshiktosh” (Turkiya) 4:4
“Lokomotiv-2009” – “Smart” (Toshkent) 2:5
“Lokomotiv-2009” – “Manavgat Kardalanspor” (Turkiya) 3:0
“Lokomotiv-2009” – “Аntalyaspor” (Turkiya) 0:1
“Lokomotiv-2009” – “Аltin Tach” (Turkmaniston) 6:0
Jamoa forvardi Shaxzod Ravshanbekov oʼz guruhining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

photo_2019-11-02_23-46-46