“Hane Cup-2019”. Turnirning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning Antaliya shahrida 6 kun davom etgan “Hane Cup-2019” turniri o‘z yakuniga yetdi.

Qayd etish kerak, qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tgan musobaqa ajoyib tarzda tashkillashtirildi. Shu tarzda turnirning yopilish marosimi ham bayram kabi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning tashkilotchiligi va yopilish marosimi yuqori saviyada tashkillashtirildi.

2009-yilda tug‘ilgan jamoamiz musobaqa sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.

Jamoa futbolchisi Shaxzod Ravshanbekov esa guruhning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Sunnat Abdurasulov boshchiligidagi 2007-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarimiz esa o‘z guruhlarida faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi va turnir medallari hamda sertifikatlari bilan taqdirlanishdi!

Shuningdek, ushbu jamoamiz tarbiyalanuvchisi Shoxrux Hudoyberganov 2007-yilda tug‘ilganlar o‘rtasidagi guruhning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Sunnat Ro‘ziev boshchiligidagi 2006-yilda tug‘ilgan futbolchilarimizdan iborat jamoa ham o‘z yosh guruhlarida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ularga ham turnir medallari hamda sertifikatlar topshirildi!

Jamoa futbolchisi Elnur Abduraimov guruhning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.
Fursatdan foydalanib, murabbiylar shtabi va futbolchilarimizni ushbu qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tabriklab qolamiz!