Bugun futbol. “Andijon” – “Lokomotiv”

Bugun “Lokomotiv” Superliganing 24-turidan o’rin olgan bahsda “Andijon” mehmoni bo’ladi.

Superliga jamoalari uch haftalik tanaffusdan so’ng yana maydonga qaytishdi. Andijondagi “Sog’lom Avlod” stadionida kechadigan bahs har ikki jamoa uchun muhim rol o’ynaydi.

Turnir jadvalida “Lokomotiv” 42 ochko bilan ikkinchi o’rinda borayotgan bo’lsa, “Andijon” hisobida 24 ochko bor va bu jamoa 10-o’rinni egallab turibdi. Bugungi bahs “Loko’ uchun safardagi 12-o’yin bo’ladi. “Temiryo’lchilar” mehmondagi 11ta o’yindan ikkitasida zafar quchib, 6 marta durang o’ynashgan va 3ta bellashuvda mag’lub bo’lishgan.

“Lokomotiv” bungacha safarda “Buxoro’ va “Nasaf” klublarini mag’lub etgan. Jamoa safarda 10ta gol urib, o’z darvozasidan 11ta to’p o’tkazib yuborgan. Raqibimiz “Andijon” o’z uyida hozircha 10ta o’yinda maydonga tushgan. Aleksandr Xomyakov shogirdlari shundan uchtasida g’alaba qozonib, shuncha marta mag’lub bo’lishgan. To’rtta o’yin durang bilan yakun topgan. To’plar nisbati 12-12.

Bilasizmi? “Lokomotiv” ikkinchi davra start olganidan beri safarda hali g’alaba qozongani yo’q. Jamoa sarfardagi oltita o’yindan beshtasida durang qayd etib, bir bor mag’lub bo’lgan. Boshqa tomondan “Loko” qatorasiga 9ta uchrashuvdan beri mag’lubiyatga uchramay kelmoqda.

“Andijon” ikkinchi davrada to’rt bor zafar quchdi va shundan ikkitasi uydagi o’yinlarda qo’lga kiritildi. Safarda “Dinamo’ni 1:0 hisobida mag’lub etib qaytgan andijonliklar shundan so’ng uyda “Surxon” ustidan 2:1 hisobida zafar quchishdi.

“Andijon” avvalgi tur o’z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qilib 1:1 hisobini qayd etdi. Undan oldin esa Qarshida “Nasaf”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

“Andijon” va “Lokomotiv” shu paytgacha o’zaro 21 uchrashuv o’tkazib, shundan 14tasida “Loko” g’alaba qozongan. Uchta bahs durang natija bilan yakun topgan va 4 marta andijonliklar zafar quchgan. Quyida Andijonda bo’lib o’tgan oxirgi beshta o’yinni keltirib o’tamiz.

2016 y. “Andijon” – “Lokomotiv” 1:3
2015 y. “Andijon” – “Lokomotiv” 1:2
2014 y. “Andijon” – “Lokomotiv” 1:2
2012 y. “Andijon” – “Lokomotiv” 0:1
2010 y. “Andijon” – “Lokomotiv” 2:0

Ko’rib turganingizdek, Andijonda o’tkazilgan oxirgi beshta uchrashuvning to’rttasida “Loko”ning qo’li baland kelgan. “Andijon” oxirgi marta 2010 yil g’alaba qozongan va shundan keyin faqat mag’lubiyatga uchragan. To’plar nisbati ham “Loko” foydasiga: 8-5.

P.S. Bugun “Lokomotiv” himoyachisi Davron Hoshimov tug’ilgan kunini nishonlayapti. o’ylaymizki, “Temiryo’lchilar” bugungi o’yinda g’alaba qozonib Davronga ajoyib sovg’a taqdim etishadi.