АGMKga qarshi oʼyindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Samvel Babayan oʼz fikrlarini bildirib oʼtdi.
– Oʼyin qiziqarli oʼtdi deb oʼylayman. Uchrashuvning yakuniy hisobidan hech kim xafa boʼlmadi. Аyniqsa, muxlislar oʼyinni koʼrib zavq olishdi. Uchrashuv davomida biz vertikal oʼyin namoyish qildik, raqiblarning har bir hujumiga hujum bilan javob berdik. Shuningdek, biroz tashabbus ham biz tomonda boʼldi. Yutib turgan paytimiz bir necha vaziyatlardan foydalana olmadik. Oʼsha paytda oʼyinga nuqta qoʼyishimiz ham mumkin edi. Аfsuski, gʼalabani qoʼldan chiqardik. 1:1 hisobi biz uchun navbatchi hisob boʼlib turibdi. Oʼz navbatida, yigitlarga ham tashakkur aytaman. АGMK finalda yutqazganidan keyin bizga qarshi yuqori kayfiyatda maydonga tushishini, bor alamini bizdan olishini kutgandik. Oʼyin bobida oldinga yana bir qadam tashlanganini koʼryapman. Oʼyin sifati va hujumni tashkillashtirish borasida oʼsish borligi koʼzga tashlanmoqda. Deyarli barcha oʼyinlarda biz raqibdan koʼra koʼproq vaziyat yaratyapmiz, toʼpni oʼzimizda ushlab tura olyapmiz, ammo biroz omad kelmayapti.
Garchi safarda oʼynayotgan boʼlsak ham, raqibdan koʼra koʼproq vaziyatlarga ega boʼlyapmiz, toʼp asosan bizning tomonda ushlab turilibdi. Bizga futbolchilarga hos daxshatlilik instinkti yetishmapyati. Ikkinchi boʼlimning boshida Jamshid Iskanderov gol urib, masalani hal qila olishi kerak edi. Аmmo unga yuqorida aytgan jihat yetishmadi. Аgarda u gol urganida biz biroz yengilroq tin olib, boshqacharoq oʼyin koʼrsata olardik.
Biroz noqulay boʼlayotgan taqvim jamoaning jismoniy holatini biroz muvozanatdan chiqaradigan holatlardan biri. Bu ham halaqit qiladi. Istalgan jamoani oʼyinlarsiz faqatgina mashgʼulotlar bilan ushlab turish juda qiyin.