Samvel Babayan: “Bugun ikki jamoa ham yaxshi oʼyin koʼrsata oldi”

“Buxoro”ga qarshi uchrashuvdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Samvel Babayan oʼz fikrlarini bildirib oʼtdi.
– Hayrli kech! Bugun ikki jamoa ishtirokida qiziqarli oʼyin boʼldi. Ham himoyaviy, ham hujumkor taktikaviy oʼyinni koʼrdik. Har doim ham hujum qilayotgan jamoa himoyaviy oʼyin koʼrsatayotgan jamoadan ustunlik qilishi qiyin boʼlmoqda. Ketma-ket durang natijalardan keyin yigitlar xarakter koʼrsata olganidan minnatdorman. Bugun futbolchilar maydonga chiqib, “Lokomotiv” oldin ham hozir ham va keyin ham boʼlishini koʼrsatib qoʼyishdi. Ular gʼalabaga erisha olishlarini, muxlislarni xursand qila olishlarini isbotlay olishdi. Ikkinchi boʼlimda biz ikkinchi davradagi barcha oʼyinlardan koʼra koʼproq vaziyatlar yarata oldik. Qayd etish kerak, bugun “Lokomotiv” tarkibida ikki nafar yosh yigitlar oʼynadi. 2000 yilda tugʼilgan yigitlarning katta imkoniyati bor va endi ushbu futbolchilar oʼz ustida ishlab, oldinga harakat qilishlari kerak.
– Ignatiy Nesterovni keyingi oʼyinlarda ham asosiy tarkibda koʼramizmi?
– Nesterov yetakchi. Uning qaytishini kutayotgandik. Bugun uning qaytishi bois, oʼyinni qurish ham oson boʼldi. U ham termada ham klubda ham kerakli inson. U oʼz jamoadoshlarini ortidan ergashtirib, oʼyinni tashkilotchiligida katta hissa qoʼsha oladi.
– Bugun oʼyinda hujumlarni yakunlaydigan futbolchi topilmayapti. Timurxoʼja Аbduxoliqovni sotib yuborish xato boʼlmadimikin?
– Haqiqatdan ham, Timurxoʼja biz uchun katta yoʼqotish. Biroq uning transferida bizning aloqamiz yoʼq. Bu yerda futbolchining oilaviy sabablarga koʼra ham klub muzokaralar olib bordi. Endi biz boshqa futbolchilarga imkon beryapmiz. Ibrohim Gʼanixonov oʼtgan turda “Qizilqum” darvozasiga gol urishga erishdi. Shuningdek, bugun ikkinchi boʼlimda ham oʼzini koʼrsata oldi. Bizda yaxshi yoshlar koʼp. Ularni sayqallab, kelgusida asosiy jamoa uchun tayyorlash niyatimiz bor.
– Jamoa tarkibidagi legionerlar oʼzini oqlamayotgandek. Аgarda kelasi yili jamoa OChLda qatnashadigan boʼlsa, sifatli legionerlar olib kelinadimi?
– Toʼgʼri savol. Oʼzbekistonga olib kelinayotgan futbolchilar ayrim kriteriyalarga mos tushishi kerak. Аvvalo, u bizning futbolchilardan kuchli boʼlishi kerak. Hozirda bizning tarkibimizda boʼlayotgan legoinerlarning saviyasi ham yomon emas. Аyni damda biz boshqacharoq oʼyin uslubini tanladik. Shu boisdan maydonga tushayotgan legionerlar oʼyinni kuchaytira olishi lozim. Ular sifatli boʼlishi kerak. Mavsum yakunlanganidan keyin boshqa futbolchilar olib kelamiz va “Lokomotiv”ni kuchaytiramiz.