Kecha ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston kubogi chorak final oʻyinlari boʻlib oʻtgani borasida maʼlumot bergandik.
Bugun musobaqaning yarim finaliga qurʼa tashlandi va unda “Lokomotiv-W” jamoasi “Sevinch” maydoniga safar uyushtirishi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, ikkinchi yarim finalda “Bunyodkor-W” – “Metallurg-W” jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishadi. Qayd etish kerak, uchrashuvlar 17-oktyabr kuni oʻtkaziladi.