Kecha ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi doirasida chorak final oʻyinlari oʻtkazildi.
Unda ayollar jamoamiz Gʻuzorda “Shoʻrtan-Lady” jamoasi mehmoni boʻlishdi. Qayd etish kerak, uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan ochilgandi. 7-daqiqada Dinora Meyliyeva urgan gol birinchi boʻlimda yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi taymda esa qizlarimiz ketma-ket uch gol kiritishdi. Laylo Tosheva (51), Dildora Ergasheva (53), Kamola Berdiyeva (57) oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi va hisobni 1:3 koʻrinishiga keltirishdi.
Shuningdek, kecha chorak final doirasidagi yana 3 uchrashuv ham boʻlib oʻtdi. Unda qoʻyidagi natijalar qayd etildi:
“Soʻgʻdiyona-W” – “Sevinch” 0:0 (penaltilar seriyasida 1:4).
AGMK-W – “Metallurg-W” 0:2
“Paxtakor-W” – “Bunyodkor-W” 1:5
Ertaga 7-oktyabr kunida yarim final uchun qurʼa tashlash marosimi oʻtkaziladi va jamoalar oʻz raqiblarini bilib olishadi.