Kecha “Lokomotiv” Navoiyda Coca Cola Superligasi 21-turi doirasida “Qizilqum”ga qarshi bahs olib borgandi.
1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvdan keyin jamoamiz futbolchilari 6-oktyabrga qadar taʼtilga chiqishdi. Jamoamizning navbatdagi uchrashuvi FIFA kunlaridan keyin, 19-oktyabr kuni “Buxoro”ga qarshi oʻtkaziladi.
Shuningdek, jamoamizning 4 nafar futbolchisi Islom Toʻxtaxoʻjayev, Oston Oʻrunov, Sardor Mirzayev, Jamshid Iskanderov milliy termamizning yigʻinlarida ishtirok etishadi.